Jahon

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari o‘limga hukm qilindi

Alirizo Akbariy josuslikda ayblangan.

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari o‘limga hukm qilindi

 

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Alirizo Akbariy o‘limga hukm qilindi. Mamlakat razvedka vazirligi bayonotiga ko‘ra, Akbariy Britaniya maxsus xizmatlari foydasiga josuslik qilgan. 

 

«Eronning maxfiy strategik markazlaridagi britan razvedka xizmatining eng muhim agentlaridan biri fosh etildi. Uzoq davom etgan va ko‘p bosqichli aksilrazvedka amaliyotidan so‘ng u hibsga olindi. Alirizo Akbariy Britaniya xizmatidagi josus bo‘lib chiqdi», — Eron razvedka vazirligidan iqtibos keltirdi Tasnim agentligi.

 

Akbariy 2019 yildan beri qamoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"