Jahon

Eron sobiq prezidentining qizi besh yilga qamaldi

U hukumatga qarshi namoyishlarni qo‘zg‘atganlikda ayblandi.

Eron sobiq prezidentining qizi besh yilga qamaldi

 

Eron Majlisi (parlamenti)ning sobiq deputati va taniqli ayollar huquqlari faoli Faeze Xoshemi-Rafsanjoniy hukumatga qarshi namoyishlarni qo‘zg‘atganlikda ayblanib, besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Fars Haber” axborot agentligiga tayanib O‘zA xabar berdi.

 

Aytilishicha, Islom Respublikasi sobiq prezidenti Ali Akbar Xoshemi-Rafsanjoniyning (1934-2017 yillar) qizi 27 sentyabr kuni hibsga olingan edi.

 

Xoshemi-Rafsanjoniy noqonuniy yig‘ilishlarda qatnashgani uchun avval ham bir necha bor sudlangan. 2009 yilda u besh yilga siyosiy, madaniy va maʼrifiy faoliyatdan chetlashtirilgandi.  

 

2011 yilda faol islohotchilar harakati yetakchisi Mir Huseyn Musaviyni qo‘llab-quvvatlagan mitingda nutq so‘zlagani uchun qamoqqa tushgan edi. 2017 yilda u Eron hukumati amaldorlarga nisbatan tuhmat maʼlumotlar tarqatgani uchun olti oylik qamoq jazosiga hukm qilinadi.

 

O‘tgan yilning mart oyida faol 15 oylik qamoq jazosiga hukm qilingani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Qo‘shimcha jazo sifatida sobiq deputat ikki yilga ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday faoliyatdan chetlashtirilgandi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"