Jahon

Qozog‘istonda ayol politsiya xodimining ustiga qulab tushdi

Xodimning ahvoli haqida maʼlumot berildi.

Qozog‘istonda ayol politsiya xodimining ustiga qulab tushdi

 

Qozog‘istonning Arqaliq shahrida 29 yoshli ayol 5-qavat balkonidan politsiyachining ustiga qulab tushdi.

 

Xabarda aytilishicha, ayol balkonda osilib qolgani haqidagi xabardan so‘ng ikki nafar politsiyachi kelgan va ulardan biri yuqoriga, ayol osilib qolgan xonadonga ko‘tarilgan. Ammo ayol baribir osilib turgan joyidan tushib ketgan. Pastdagi politsiyachi esa uni tutib olishga uringan.

 

Voqea natijasida ayol kishi jarohatlanmagan, politsiyachi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"