Jahon

Shahzoda Garri “Tolibon” jangarilarini o‘ldirganini tan oldi

Qirollik oilasi aʼzosi 2 marta Afg‘onistonda xalqaro koalitsiya kuchlari tarkibida xizmat qilgan.

Shahzoda Garri “Tolibon” jangarilarini o‘ldirganini tan oldi

 

Shahzoda Garri 2012-2013 yillarda Afg‘onistonda xizmat qilgan payti “Tolibon”ning 25 aʼzosini o‘ldirganini maʼlum qildi. Bu haqda qirollik oilasi aʼzosining Spare (“Zaxiradagi”) nomli xotira kitobida so‘z boradi.

 

“Xizmat safarining birinchi kunidayoq men hech qanday shubhalar bilan yurmaslikni oldimga maqsad qildim. Buyuk Britaniyaga barcha tana aʼzolarim butun holda qaytishni istardim, ammo eng muhimi toza vijdon bilan uyga qaytishni xohlaganman”, – deb qayd etgan shahzoda.

 

Yelizaveta II‘ning nabirasi toliblarni “yovuz” deb atagan. U harakat aʼzolarini tarixdagi eng dahshatli jinoyatlarga aloqadorlikda ayblagan.

 

Garri 2006 yilda Sandxyorstdagi qirollik harbiy akademiyasini tamomlagan. 2008 yilda esa Afg‘onistonning Hilmand viloyatida 10 hafta davomida harbiy harakatlarda qatnashgan. Shuningdek, u 2012 yil sentyabridan 2013 yil yanvariga qadar ham afg‘on zaminida bo‘lgan.

  

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Shahzoda Garri “Tolibon” jangarilarini o‘ldirganini tan oldi