Jahon

Britaniya Eronning sara maxsus kuchlarini terrorchi tashkilot deb eʼlon qilmoqchi

U bilan aloqada bo‘lganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Britaniya Eronning sara maxsus kuchlarini terrorchi tashkilot deb eʼlon qilmoqchi

 

Britaniya hukumati bir necha hafta ichida Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchi tashkilot deb eʼlon qilmoqchi. Bu haqda “The Telegraph” yozmoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bu qarorni Britaniya Ichki ishlar vazirligi rahbari Suella Braverman va uning o‘rinbosari, xavfsizlik vaziri Tom Tugendxat qo‘llab-quvvatlamoqda. Agar korpus terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsa, unga aʼzolik, ramzlarini taqish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jinoiy javobgarlikka tortiladi. Guruh Eronda sentyabr oyida boshlangan tartibsizliklar chog‘ida qo‘poruvchilik faoliyatiga rahbarlik qilgani aytiladi.

 

2019-yili Qo‘shma Shtatlar Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchi tashkilot deb tan olgan va unga qarshi sanksiyalar kiritgan. 2022-yilda Eron hukumati yadroviy kelishuv doirasidagi sanksiyalarni bekor qilishni talab qilgan, biroq keyinchalik bu talabdan voz kechgan. Dekabr oyi oxirida Eronda yetti kishi Britaniya razvedka xizmatlari bilan aloqadorlikda ayblanib hibsga olingandi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"