Jahon

BMT: Fevral oyidan beri Ukrainada salkam 7000 tinch aholi halok bo‘ldi

Tashkilot raqamlar bundan ham ancha yuqoriligini aytmoqda.

BMT: Fevral oyidan beri Ukrainada salkam 7000 tinch aholi halok bo‘ldi

 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi urush boshlanganidan beri Ukrainada 6884 nafar tinch aholi halok bo‘lgani va 10947 nafari jarohatlanganini qayd etdi. Halok bo‘lganlardan 429 nafari bolalar: Ulardan 175 nafari qiz, 216 nafari o‘g‘il, 38 nafar shaxsning jinsi hali aniqlanmagan. Yaradorlar orasidan ham 800 nafarini bolalar tashkil qiladi. 

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, tinch aholining o‘limi yoki jarohati soni bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"