Jahon

Mashhur hind aktrisasi suratga olish maydonchasida o‘z joniga qasd qildi

Bunga sevgi mojarosi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Mashhur hind aktrisasi suratga olish maydonchasida o‘z joniga qasd qildi

 

Mashhur hind aktrisasi Tunisha Sharma suratga olish vaqtida o‘z joniga qasd qildi.

 

Fojia suratga olish maydonchasida “Ali Baba: Jangchi afsonasi” filmida ishlayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. 20 yoshli aktrisa kiyinish xonasida o‘lik holda topilgan.

 

Sharma juda quvnoq va o‘z yoshiga ko‘ra juda muvaffaqiyatli martabaga ega bo‘lgan sababli, bu xabar uni tanigan barchani hayratda qoldirdi.

 

Fojia yuz bergan kuni aktyor Shizan Muhammad Xon ham suratga olish maydonida bo‘lgan. U Tunisning sobiq sevgilisi.

 

Yigit bilan ajralish qizning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan, deya taxmin qilinmoqda.

 

OAVning yozishicha, voqeadan ko‘p o‘tmay Xon gumondor sifatida hibsga olingan.

 

Aktyorning aytishicha, uning sobiq sevgilisi avval ham o‘z joniga qasd qilishga uringan va u har safar uni qutqarib qolgan.

 

Shu bilan birga, turli dindagi jamoalarga mansubligi sababli munosabatlarning uzilishini istagan Xon, ajrashgandan keyin Sharma o‘zini beqaror his qilganini tan oldi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"