Jahon

Hamid Karzay Afg‘onistondagi vaziyatda AQSHni aybladi

Mamlakat sobiq prezidenti xatosini kech tushunganini tan oldi.

Hamid Karzay Afg‘onistondagi vaziyatda AQSHni aybladi

 

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay mamlakatda sodir bo‘lgan voqealarda AQSH aybdor ekanini aytdi. Bu haqda “Washington Post” nashri yozmoqda.

 

“Afg‘onistondagi urush bizning urushimiz emas edi. Men afg‘on shaharlari va uylariga qarshi urushda AQSHning sherigi bo‘lmaganman. ‘Terrorizm ustidan g‘alabaʼ shiori ostida olib borilayotgan urush aslida odamlarga qarshi ekanligini anglaganimdan keyin men o‘zgardim”, —  dedi u gazetaga bergan intervyusida.

 

Karzayning qo‘shimcha qilishicha, aynan shu sababdan u «Tolibon» hukumatini “birodarlar” deb atagan. Vaholanki, gazeta qayd etganidek, toliblar hamisha Karzayni dushman sifatida ko‘rgan.

 

Sobiq prezidentga ko‘ra, agar uning vorisi Ashraf G‘ani mamlakatni tark etmaganida Afg‘oniston parchalanmagan bo‘lishi mumkin edi.

 

“Davlat qulamagan bo‘lardi. G‘anining ketishi hamma narsaning tugashi bo‘ldi”, —degan u.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"