Jahon

Toshqinlar ostida qolgan Malayziya: hodisa oqibatida 56 ming kishi evakuatsiya qilindi

Rasmiylar besh kishi, jumladan, 15 oylik bola halok bo‘lganini tasdiqladi.

Toshqinlar ostida qolgan Malayziya: hodisa oqibatida 56 ming kishi evakuatsiya qilindi

 

Malayziyaning bir qancha hududlarida kuchli suv toshqinlari yuz berdi. Hukumat maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi beshta shtatda 56 159 kishi evakuatsiya qilindi. 

 

«Ko‘p zarar ko‘rgan hududlar yarimorolning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan. Kelantan shtatidan 17 326 kishi va Trenganu shtatidan 37 792 kishi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish markazlariga evakuatsiya qilindi», — deya xabar berdi Bernama davlat axborot agentligi.

 

Rasmiylar besh kishi, jumladan, 15 oylik bola halok bo‘lganini tasdiqladi.

 

Zarar ko‘rgan bir qancha hududlardagi daryolarda suv sathi xavfli darajadan oshib ketdi.

 

Yong‘in xavfsizligi va qutqaruv departamenti direktori Ahmad Izram Osmonning aytishicha, uning jamoasi Trenganudagi suv toshqini bilan bog‘liq vaziyat haqida aniq hisobot olish uchun havodan kuzatuv olib bormoqda va Kelantanda ham xuddi shunday kuzatuv o‘tkazishini aytdi.

 

Boshqa jabrlangan shtatlarda (Paxang, Johor va Perak) bir necha yuz kishi evakuatsiya qilindi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"