Jahon

Hindiston ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

U o‘q-dori va yadroviy kallakni olib yurishga qodir.

Hindiston ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

 

Hindiston turli o‘q-dorilar va yadroviy kallakni olib yurishga qodir “Agni V” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “India Today” mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

 

“Hindiston bugun yadroviy quvvatga ega “Agni V” ballistik raketasining tungi sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Jarayon davomida raketada yangi texnologiyalar va uskunalar sinab ko‘rildi, endi u avvalgidan ancha yengil”, — deyiladi xabarda.

 

Ta’kidlashicha, sinovlar zarur bo‘lganda “Agni V” raketasining uchish masofasini oshirish imkoniyatini isbotlagan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"