Jahon

Ukrainaga qishda omon qolishga yordam berishimiz kerak — Makron

Parijda “Ukraina xalqi bilan birdamlik” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ukrainaga qishda omon qolishga yordam berishimiz kerak — Makron

 

Ukraina joriy qishdan omon qolish uchun yordamga muhtoj hamda ko‘mak juda tez va aniq bo‘lishi kerak. Bu haqda Parijda “Ukraina xalqi bilan birdamlik” donor konferensiyasining ochilishida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aytib o‘tdi.

 

“Hamma Ukraina bilan birdam va yelkama-yelka bo‘lish, yordamini bir daqiqaga ham susaytirmaslik istagini isbotlash uchun safarbar bo‘lmoqda. Bu faqat Ukraina uchun kurash emas, bu — barqarorligimiz uchun xalqaro kurash ”, — dedi Fransiya rahbari.

 

Uning taʼkidlashicha, endilikda hamma Ukraina xalqiga yordam berish muhimligini tushunishi kerak.

 

“Biz Ukrainaga qishda omon qolishga yordam berishimiz lozim. Konferensiya natijalari juda aniq bo‘lishini istaymiz”, — dedi Makron.

 

Tadbirda Ukrainaning hamkorlari, do‘stlari va xalqaro gumanitar tashkilotlarda ishlayotganlarni safarbar etish, aholini suv, elektr, issiqlik, kiyim-kechak bilan taʼminlashga yordam beradigan tadbirlarni tashkil etish haqida so‘z boradi.

 

Shuningdek, prezident 700 dan ortiq fransuz korxonalari Kiyevga uzoq muddatli sarmoya kiritishda ishtirok etishini aytdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Parijdagi “Ukraina xalqi bilan birdamlik” konferensiyasi Rossiyaning mamlakat energetika infratuzilmasiga bergan zarbalari munosabati bilan mamlakatga qo‘shimcha xalqaro yordam berishga bag‘ishlangan.

 

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

custom img

Nyu-Yorkda so‘nggi 9 yilda kuzatilmagan qor bo‘roni qayd etildi

Qor qalinligi 55 santimetrdan oshgan. Shaharda favqulodda holat eʼlon qilingan.

custom img

Amerikada Epshteynning tashlandiq samolyoti topildi

10 yildan beri qarovsiz turgan havo kemasidan voyaga yetmaganlarni jinsiy qullik uchun dunyo bo‘ylab tashishda foydalanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"