Jahon

Belarus Ukraina g‘allasini o‘z hududi orqali o‘tkazishga rozi

Buning evaziga Minsk hech qanday shart qo‘ymagan.

Belarus Ukraina g‘allasini o‘z hududi orqali o‘tkazishga rozi

 

Belarus Litva portlaridan keyingi eksport uchun Ukraina g‘allasini o‘z hududi orqali hech qanday shartlarsiz o‘tkazishga ruxsat beradi. Bu haqda BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yuriy Ambrazevich Nyu Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashgan. Muzokaralar chog‘ida belaruslik diplomat o‘z mamlakati “oldindan shartlarsiz Ukraina donining tranzitiga rozi bo‘lishini” aytgan.

 

Ambrazevich, shuningdek, hukumatning hozirda sanksiyalarga duchor bo‘lgan o‘z o‘g‘itlarini eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lish haqidagi iltimosini takrorlagan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"