Jahon

Putin Qirg‘izistonga keldi

Rossiya prezidenti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) sammitida ishtirok etadi.

Putin Qirg‘izistonga keldi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) sammitida ishtirok etish maqsadida Qirg‘izistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi

Rossiya prezidentini “Manas” aeroportida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – prezident administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Bishkekda YEOII sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda ittifoqning barcha davlat rahbarlari (Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston) ishtirok etishi kutilmoqda.

Саммит ЕАЭС в Бишкеке - Sputnik Ўзбекистон, 1920, 09.12.2022

O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YEOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan. Ittifoq 2014 yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015 yilda Armaniston va Qirg‘iziston aʼzo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"