Jahon

Sayyohlar uchun 2023-yilda eng xavfli yo‘nalishlar ochiqlandi

Ro‘yxatda Suriya, Iroq va Ukraina kabi davlatlar ham bor.

Sayyohlar uchun 2023-yilda eng xavfli yo‘nalishlar ochiqlandi

 

Tibbiyot va xavfsizlik sohasiga ixtisoslashgan International SOS tashkiloti 2023 yilda sayyohlar uchun dunyodagi eng xavfli yo‘nalish Afg‘oniston ekanini taʼkidlamoqda.

 

Businesstravelnewseurope.com. saytining yozishicha, “Xavflar xaritasi — 2023”, deb nomlangan mazkur maʼruzada Afg‘oniston sayyohlar uchun dunyodagi eng xavfli yo‘nalish ekani aytiladi. Tashkilot bu borada Suriyani ikkinchi o‘ringa qo‘ygan. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Ukraina, Mali va Iroq bormoqda.

 

Eng eʼtiborlisi, sayyohlar uchun xavfli davlatlar bo‘yicha avvalgi ro‘yxatlarda Ukraina va Mali qayd etilmagandi. Qolgan mamlakatlar 2022 va 2021 yilgi ro‘yxatlarga ham kiritilgan. 

 

Xavflilik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatuvchi “favqulodda” toifasiga shuningdek, Markaziy Afrika Respublikasi, Yaman, Somali va Janubiy Sudan, Nigeriyaning ayrim hududlari, Kongo Demokratik Respublikasi, Pokiston, Mozambik va Isroil ham kiradi.

 

Shimoliy Afrikaning Saxel mintaqasida ham urush va jinoyatchilik xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Ular safiga pandemiyaning keltirgan ijtimoiy-siyosiy oqibatlari natijasida Kolumbiya ham kiritildi.

 

International SOS o‘zining har yilgi tahdidlar reytingida Yevropaga boradigan sayyohlar uchun xavf qay darajada ekaniga ham baho bergan. Hisobotda taʼkidlanishicha, Ukrainadagi mojaroga hamda yaqinda Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyada kun ko‘rish qimmatlashgani sababli ijtimoiy noroziliklar bo‘lib o‘tganiga qaramay, Yevropada vaziyat «barqarorligicha» qolmoqda.

 

Dunyoda sayyohlar uchun eng xavfsiz davlat Norvegiya bo‘lib qolmoqda. Finlandiya, Shveysariya, Daniya va Islandiya ham sayyohlik uchun eng xavfsiz yo‘nalish hisoblanadi.

 

Shu bilan birga, hisobotda Markaziy Osiyo mintaqasida Afg‘onistondan tashqari qolgan barcha mamlakatlar turistlar uchun eng maqbul yo‘nalish ekani eʼtirof etilgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"