Jahon

“Infeksiya maktab yoshidagi bolalarga xavf solmoqda”

JSST keksalar va bolalar ko‘proq aziyat chekayotgan epidemiya haqida ma’lumot berdi.

“Infeksiya maktab yoshidagi bolalarga xavf solmoqda”

 

Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida mavsumiy epidemiyalar avj olmoqda. Xususan, Yevropa sog‘liqni saqlash tuzilmalari mintaqada keng tarqalayotgan gripp xastaligidan xavotirda. Eng yomoni, bu holat koronavirus pandemiyasining shiddatli to‘lqini bilan birga kechyapti. 

 

Shundan kelib chiqib,  Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Yevropa sog‘liqni saqlash idoralari vakillari qo‘shma bayonot e’lon qildi. 

 

“Mintaqamizda gripp virusining “A” va “B” turlari sirkulyasiyasi allaqachon kuchaygan. Epidemiya asosan keksalar, surunkali xastaliklarga chalingan kishilarda og‘ir asoratlarni keltirib chiqarmoqda. Qolaversa, infeksiya maktab yoshidagi bolalar salomatligiga ham xavf solyapti”, — deyiladi hujjatda.

 

Qayd etilishicha, Yevropada joriy yilning oktyabr oyidan buyon shifoxonaga yotqizilganlar soni muttasil o‘sib bormoqda. Gripp tashxisi bilan gospitalizasiya qilinganlarning qariyb yarmi 55 yoshdan oshgan bemorlardir. 

 

Bundan tashqari, “ko‘hna qit’a”dagi 23 davlat kasalxonalarida muolaja olayotganlarning 85 foizida grippning “B” turi aniqlangan. 

 

Tahlillarga ko‘ra, bu turdagi virusdan to‘rt va undan kichik yoshdagi bolalar ko‘proq zarar ko‘rishi tibbiy amaliyotda qayd etilgan. Qolaversa,  Yevropaning 20 ta davlatida respirator sinsitial viruslarning faollashgani kuzatilmoqda.

 

“Ehtiyotkorlikni yo‘qotmaslik kerak. Mintaqa bo‘ylab emlash dasturlarini yanada kuchaytirishimiz zarur”  — deyiladi qo‘shma bayonotda.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"