Jahon

Pandemiyani bekor qilishga hali erta—JSST

Tashkilotga ko‘ra, koronavirus mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda.

Pandemiyani bekor qilishga hali erta—JSST

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning so‘nggi bayonotida qayd etilishicha, 2020-yildan beri amalda bo‘lgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq favqulodda choralarni bekor qilishga biroz erta.

 

“To‘g‘ri, asosiy og‘ir sinovlarni ortda qoldirdik, biroq hali ko‘zlangan manzilda emasmiz. Hozir Yer yuzi aholisining kamida 90 foizi emlanish yoki COVID-19ni boshdan o‘tkazgani tufayli bu kasallikka qarshi immunitetga ega. Ammo koronavirus mutasiyaga uchrashda davom etmoqda”, — JSST rahbari.

 

Tahlillarga ko‘ra, hozirgacha “omikron” shtammining asosan yuqori nafas yo‘llarini zararlovchi 500 dan ortiq subvariantlari paydo bo‘lgan. Eng yomoni, ular orasida immunitetga oson “chap bera oladigan” versiyalari ham bor. 

 

Bosh direktorning ta’kidlashicha, so‘nggi besh hafta ichida kasallikdan o‘lim ko‘rsatkichlari birmuncha pasaygani ijobiy holat. Lekin hozir xastalikning oldini olish, davolash va asoratlarini bartaraf etish borasida uch yil avvalgidan ko‘ra ko‘proq imkoniyatga egamiz. 

 

Shunday sharoitda ro‘yxatga olinayotgan haftalik o‘lim ko‘rsatkichlarini ijobiy pasayish sifatida qabul qilish mantiqan to‘g‘ri emas. 

 

JSST qish mavsumida dunyo bo‘yicha kasallanishlar soni ortib borayotganini inobatga olib, buster dozada emlanish eng maqbul chora, deb hisoblaydi.

 

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

custom img

Nyu-Yorkda so‘nggi 9 yilda kuzatilmagan qor bo‘roni qayd etildi

Qor qalinligi 55 santimetrdan oshgan. Shaharda favqulodda holat eʼlon qilingan.

custom img

Amerikada Epshteynning tashlandiq samolyoti topildi

10 yildan beri qarovsiz turgan havo kemasidan voyaga yetmaganlarni jinsiy qullik uchun dunyo bo‘ylab tashishda foydalanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"