Jahon

Koreyalik Mina Syu Choy "Dunyo go‘zali—2022" deb topildi

Uning g‘alabasi tarixiy deb baholanmoqda.

Koreyalik Mina Syu Choy "Dunyo go‘zali—2022" deb topildi

 

Mavjud 4 ta yirik go‘zallik tanlovlaridan biri —"Sayyora go‘zali" finali Filippinda bo‘lib o‘tdi. Unda 86 ta davlat vakillari qatnashdi.

 

Tanlovning asosiy sharti ishtirokchining nafaqat tashqi go‘zalligi, balki ularning ekologiya va iqlim muammolariga munosabatini ham baholashdan iborat.

 

Shunday qilib, Koreya vakili Mina Syu Choy dunyo go‘zali deb topildi. Shu paytgacha bu davlat vakillari hech qachon tanlov g‘olibi bo‘lmagani uning g‘alabasini tarixiyga aylantirdi.

 

Kolumbiyalik Andrea Agilera "Olov go‘zali—2022", falastinlik Nadin Ayyub "Suv go‘zali—2022" va avstraliyalik Sheridan Mortlok "Havo go‘zali—2022" nominatsiyalarida g‘olib deb topildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"