Jahon

Afg‘onistondagi portlashda salkam 40 nafar kishi halok bo‘ldi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.

Afg‘onistondagi portlashda salkam 40 nafar kishi halok bo‘ldi

 

Afg‘onistonning Samangan viloyatining Aybak shahrida diniy maktabda yuz bergan portlashda 35 kishi halok bo‘lgan, 23 kishi jarohatlangan.

 

OAV xabarlariga ko‘ra, portlash qurbonlarining aksariyati maktab o‘quvchilaridir. Hozirda o‘lganlarning jasadlari binodan olib chiqilmoqda. Bundan tashqari, jabrlanganlarni evakuatsiya qilish tartibi davom etmoqda. 

 

Voqea peshin namozi vaqtida yuz bergan. Portlash sabablari hozircha aniqlanmagan.

 

"Tolibon Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Abdul-Nafi Thakur kamida 10 kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan. Shuningdek, u jinoyatchilarni topish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qilgan", - deyiladi xabarda.

 

 

Oxirgi haftalarda vaqti-vaqti bilan portlashlar ro‘y berdi, eng so‘nggida noyabr oyi boshida Afg‘oniston poytaxti Kobul g‘arbida hukumat xodimlarini olib ketayotgan avtobus portlatilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va olti kishi yaralandi.

 

Oktyabr oyida poytaxtdagi Ichki ishlar vazirligi binosida joylashgan masjidda sodir bo‘lgan portlashda 8 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan edi.

 

Shuningdek, shu oy boshida Kobul g‘arbidagi taʼlim markazida yirik xudkushlik hujumi sodir bo‘lib, 50 dan ortiq odam, asosan talabalar halok bo‘lgan, 100 ga yaqin kishi jarohatlangan edi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqib, sodir etilgan mazkur terrorchilik xurujini keskin qoralagan. 

 

Xabarda “Jihodiya” madrasasida amalga oshirilgan qabih harakat ko‘plab insonlarning, asosan yosh talabalarning qurbon bo‘lishiga olib kelgani taʼkidlangan.

 

Shuningdek, bunday zo‘ravonlik harakatlari keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘lishi, Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish, xususan, milliy kelishuvga erishishga to‘sqinlik qilishi qayd etilgan.

 

"Halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz", — deyiladi bayonotda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"