Jahon

Yirik brendlar Twitter’da reklama berishni to‘xtatdi

Ular Maskning qarorlaridan norozi.

Yirik brendlar Twitter’da reklama berishni to‘xtatdi

 

Ijtimoiy tarmoqning yangi egasi Ilon Maskning kompaniya boshqaruvidagi betartib yondashuvi tufayli dunyoning aksariyat yirik brendlari Twitter’dagi reklamalarini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda “Financial Times” nashri yozmoqda.

 

100 ta eng yaxshi reklama beruvchilardan 50 tasi Mask ijtimoiy tarmoqni sotib olganidan keyin xarajatlarni to‘xtatib qo‘ygan yoki to‘xtatish niyatini bildirgan.

 

Qayd etilishicha, kompaniyalar “Kontentni nazorat qilishda Maskning tanlab yondashuvi” va reklama bo‘limidagi xodimlarni ishdan bo‘shatish qaroridan shikoyat qilgan.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Twitter’dagi ommaviy ishdan bo‘shatishlardan so‘ng agentliklar Mask kompaniyasi bilan aloqada bo‘lmagan. Boshqalar esa reklama tizimlari yaxshi ishlamayotganidan shikoyat qilishgan.

 

Sanoat insayderlarining xabar qilishicha, Mask ba’zi brend rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilishga uringan. Natijada boshqalar Mask bilan munosabatlarini yomonlashtirmaslik uchun xarajatlarini minimal darajaga qisqartirishga qaror qilishgan.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"