Jahon

Rossiya g‘alaba qozonsa, “dahshatli qish” boshlanishi mumkin

NATO bosh kotibi Ukrainadagi bosqin oqibatlari haqida gapirdi.

Rossiya g‘alaba qozonsa, “dahshatli qish” boshlanishi mumkin

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada muvaffaqiyasizlikka uchrab, hamon  fuqarolik infratuzilmalariga raketa hujumlarini uyushtirmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 29—30-noyabr kunlari Buxarestda bo‘lib o‘tadigan sammiti oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ukrainaliklarni elektr energiyasi, suv va oziq-ovqatdan mahrum qiladi, bu esa “qishning dahshatli boshlanishi” hisoblanadi.

 

Shu bilan birga, Stoltenberg alyans Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa shuncha qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

 

“Bu urushda Rossiya bosqinchi, Ukraina esa mudofaa holatida. Agar tajovuzkor g‘alaba qozonsa, avtokratiya g‘alaba qozonsa tinchlik bo‘lmaydi. NATO zarur bo‘lgan vaqtgacha Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, — dedi u.

 

Bosh kotibning qo‘shimcha qilishicha, ko‘plab davlatlar Rossiya boshlagan urushdan aziyat chekmoqda. Agar Putin g‘alaba qozonsa, “har bir inson uzoq yillar davomida ancha yuqori narx to‘laydi” va dunyo yanada xavfli bo‘lib qoladi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"