Jahon

Toqayev Qozog‘istonni 2029 yilgacha boshqaradi

Amaldagi Prezident saylovda ishonchli g‘alaba qozondi.

Toqayev Qozog‘istonni 2029 yilgacha boshqaradi

 

Qosim Jo‘mart-Toqayev Qozog‘iston prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozondi. Unga 85 foiz saylovchilar ovoz bergan.

 

2-o‘rin Karakat Abden (2.61 foiz, 3 o‘rin esa Nurlan Auyesbayev (1.93 foiz)ga nasib etgan. Saylovda ovoz beruvchilarning qariyb 70 foizi qatnashgan.

 

Toqayevni birinchi bo‘lib Nursulton Nazarboyev tabriklagan. U Prezidentning "matonatli, qatʼiy va dono"ligini alohida taʼkidlagan.

 

Toqayevning o‘zi Qozog‘iston xalqiga minnatdorchilik bildirgan. U saylovlar ochiq va haqqoniy o‘tganini qayd etgan. Shu bilan birga Qozog‘istonda yirik iqtisodiy o‘zgarishlarni vaʼda qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"