Jahon

Qozog‘istonda 14 ta yuk vagoni relsdan chiqib ketdi

Hodisa sabablari maʼlum qilindi.

Qozog‘istonda 14 ta yuk vagoni relsdan chiqib ketdi

 

NUR.KZ xabariga ko‘ra, bugun Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati yaqinida 14 ta yuk vagoni relsdan chiqib ketdi

 

«17-noyabr kuni soat 06:15 da Qarag‘anda viloyatining Qarag‘anda-Sortirovochnaya-Akadir uchastkasining Qarabas – OP 767 yo‘lida 14 ta vagon yuk poyezdida relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q», – deyiladi xabarda.

 

Mazkur uchastkada yo‘lovchi va yuk poyezdlarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Hodisaga xususiy mulkdorlarga tegishli vagonlarning nosozligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"