Jahon

Yevroittifoq Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Tehron ham bunga javob qaytardi.

Yevroittifoq Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

 

Yevropa Ittifoqi  mamlakatdagi ichki vaziyat tufayli Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, bu ro‘yxatga 29 nafar shaxs va uchta tashkilot qo‘shildi. 

 

Eron ham bunga javoban Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiyalarni kengaytirib,  ro‘yxatga sakkizta yuridik shaxsni qo‘shdi. Eronning yangi sanksiyalari nishoniga olingan shaxslar orasida Yevroparlament deputatlari, Fransiya Milliy Assambleyasi, Fransiya kommunasi rahbari, Germaniyaning “Bild” gazetasi bosh muharrirlari va Yevropa Ittifoqida joylashgan nodavlat tashkilotlar rahbarlari bor.

 

Eron hukumati Gʻarb davlatlarini o‘z ommaviy axborot vositalarida anti-Eron xarakteridagi xabarlarni tarqatayotish, shuningdek, Eronda hokimiyatni ag‘darish chaqiriqlarini tarqatayotgan namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblamoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"