Jahon

Tramp — aybdor

Sobiq prezidentning yana saylanish to‘g‘risidagi gaplari saylovchilarga yoqmadimi?

Tramp — aybdor

 

Trampning qayta saylanish haqidagi iddaolari partiyasi mag‘lubiyatiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Virginiya shtatining sobiq senatori bu haqda RIA Novosti‘ga bergan intervyusida taʼkidladi.

 

"Tramp o‘zining keyingi saylovda qatnashishi haqida ko‘p luqma tashladi, bu esa o‘ta muhim lahzada eʼtiborni chalg‘itib qo‘ydi. U bu saylovdagi eng asosiy mag‘lub bo‘ldi", — deydi sobiq senator.

 

Hozir demokratlar va respublikachilar to‘plagan ovozlar orasidagi farq kutilganidan kam.

 

Senator Blek bir necha yaxshi nomzod ortida aynan Tramp turgani uchun mag‘lub bo‘lganini ham qo‘shib o‘tgan. Uning fikricha, Trampni yoqtirmagan saylovchilar u qo‘llab-quvvatlayotgan nomzodni ham yoqlamagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"