Jahon

AQSHdagi saylovda marhumlar g‘olib bo‘ldi

Ikki nafar kongressmen o‘limidan keyin ikkinchi muddatga saylandi

AQSHdagi saylovda marhumlar g‘olib bo‘ldi

 

AQSHda bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlar natijasiga ko‘ra, Vakillar palatasiga saylanganlar orasida ikki nafar marhum bor.

 

Ularning ikkisi ham demokratik partiyadan ikkinchi muddatga saylangan.

 

Pensilvaniya shtatidan saylangan kongressmen Entoni Dulyuka 9-oktabr kuni 86 yoshida vafot etgan. Saylovda uning nomzodi 85% ovoz to‘plagan.

 

Tennesi shtatida esa kongressvumen Barbara Kuper 25-oktabr kuni 93 yoshida vafot etganini bilsa-da, saylovchilar unga ovoz berishda davom etgan.

 

Avvalroq AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bu galgi oraliq saylovni tanqid qilib, odamlarni norozilik namoyishiga chiqishga chaqirgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"