Jahon

Qozogʻiston mintaqada yashil energiya markaziga aylanishga tayyor

Bu haqda respublika Bosh vaziri ma'lum qildi.

Qozogʻiston mintaqada yashil energiya markaziga aylanishga tayyor

 

Qozog‘iston qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylanish imkoniyatiga ega. Bu haqda Sharm al-Shayxda bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining 27-konferensiyasida respublika bosh vaziri Alixan Smailov ma’lum qildi.

 

“Qozog‘iston dunyoning yashil energiya markazlaridan biriga aylanish salohiyatiga ega, shuning uchun biz qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylanishga va umuman Markaziy Osiyoning yashil texnologiyalarga o‘tishini rag‘batlantirishga tayyormiz”, — deydi u.

 

Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, hozirda respublikada yashil energiyaning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi qariyb 3 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, 2030-yilga kelib uning ishlab chiqarish hajmini 7 GVtga, 15 foizgacha oshirish va shu bilan birga uglerod chiqindilarini kamida 15 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.

 

Smailov, shuningdek, Qozog‘iston 2060-yilgacha uglerod neytralligiga erishishni o‘z oldiga ustuvor maqsad qilib qo‘yganini eslatdi.

 

Bundan tashqari, bosh vazir mamlakat hukumati iqlim kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha barcha xalqaro hamkorlar bilan ishlash tayyorligini ma’lum qildi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"