Jahon

Dehlida boshlang'ich maktablar yopiladi

Ayni paytda jamoat transportini cheklash masalasi ham koʻrib chiqilmoqda.

Dehlida boshlang'ich maktablar yopiladi

 

Hindiston poytaxti Dehlida havoning haddan tashqari ifloslanishi oqibatida 5-noyabrdan boshlab boshlangʻich maktablar yopiladi.

 

Ta'kidlanishicha, Dehlida har qishda havoning haddan ziyod ifloslanishi kuzatiladi. Chunki sovuq va ogʻir havo qurilish changlari, avtomobil chiqindilari va qoʻshni shtatlarda yonayotgan ekin qoldiqlari tutunini ushlab turadi. Bu esa shaharning 20 million aholisi orasida nafas olish kasalliklarining koʻpayishiga olib keladi.

 

4-noyabr kuni havo sifati indeksi (AQI) poytaxtning aksariyat tumanlarida 400 balldan yuqori boʻlganligi sababli “ogʻir” yoki “xavfli” deb baholandi. Bosh vazir Arvind Kejrival maktablardagi vaziyatni qoʻlga olishni va tegishli barcha choralarni koʻrishni buyurdi.

 

Hindiston Ifloslanishni nazorat qilish federal kengashi poytaxtga zarur boʻlmagan yuklarni olib oʻtadigan dizel yuk mashinalari kirishini taqiqladi. Dehli maʼmuriyati shu hafta boshida mintaqadagi aksariyat qurilish va buzish ishlarini toʻxtatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"