Jahon

Toqayev Nazarboyev bekor qilgan bayramni tikladi

13 yillik tanaffusdan so‘ng milliy bayram maqomi qaytdi.

Toqayev Nazarboyev bekor qilgan bayramni tikladi

 

Qozog‘istonda 25-oktabr kuni mamlakatning asosiy bayrami – Respublika kuni nishonlanadi, 13 yillik tanaffusdan so‘ng u yana milliy maqomga ega bo‘ldi

 

Bungacha milliy bayram Mustaqillik kuni bo‘lib, u 16-17-dekabr kunlari nishonlangan va 2009-yilda Respublika kuni bayramlar ro‘yxatidan chiqarilgan edi.

 

Iyun oyida Prezident Qosim-Jomart Toqayev birinchi milliy qurultoyda Respublika kunini qaytarishni taklif qilgan edi. U 1990-yil 25-oktabrda Qozog‘istonning davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinganini va bu mamlakat mustaqilligi yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lganini esladi.

 

Sentabr oyida mamlakatda tegishli qonun qabul qilindi.

 

Shu bilan birga, Mustaqillik bayrami 2022-yildan boshlab davlat bayramlari reyestriga kiritilgan bo‘lib, endi u bir kunda – 16-dekabrda nishonlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"