Jahon

Kosta-Rika yaqinida samolyot yo‘qolib qoldi

Unda germaniyalik millioner va uning oilasi bo‘lgan.

Kosta-Rika yaqinida samolyot yo‘qolib qoldi

 

Germaniyaning eng yirik fitnes klublari tarmog‘i asoschisi Rainer Shallerning shaxsiy samolyoti Kosta-Rika yaqinida g‘oyib bo‘ldi. Samolyot bilan aloqa shanbaga o‘tar kechasi uzilib qolgan. 

 

“Kommersant” nashrining yozishicha, millioner bilan birga samolyotda xotini va ikki farzandi bo‘lgan.

 

Samolyot 21-oktyabr, juma kuni Meksikadan havoga ko‘tarilgan va Kosta-Rikaga yo‘l olgandi. Keyinchik u radarlardan yo‘qolib qolgan. Samolyot bilan aloqa uzilganidan so‘ng qirg‘oq qo‘riqlash va havo kuzatuvi xizmati ishtirokida favqulodda holat protokoli ishga tushirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Rainer Shaller 1996-yilda “McFit” fitness klublar tarmog‘iga asos solgan. Klubning Germaniya, Avstriya, Italiya, Polsha va Ispaniyada 250 ga yaqin filiallari mavjud.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"