Jahon

Sholts: Rossiyaga qaramlikdan qutuldik

Germaniya kansleri qishga tayyorgarlik haqida gapirdi.

Sholts: Rossiyaga qaramlikdan qutuldik

 

Germaniya kansleri Olaf Sholts Germaniya endi Rossiya gaziga qaram emasligini aytdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin hozirda energiya narxini pasaytirish, jumladan, boshqa davlatlar bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalar tuzish ustida ishlamoqda.

 

Bundestagdagi nutqi davomida kansler Yevropa Ittifoqi gaz isteʼmolini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini eslatdi.

 

"Biz bu qaramlikdan xalos bo‘ldik va qishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan holda kiryapmiz”, — dedi janob Sholts.

Fuqarolarga energiya tejaganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, “biz birgalikda gaz sarfini 20 foizga kamaytirishga harakat qilamiz”, — deb taʼkidladi.

 

Germaniya hukumati rahbariningqo‘shimcha qilishicha, Yevropa pandemiya jamg‘armasi mablag‘lari energiya inqirozini yengish uchun ishlatilishi kerak.

 

Avvalroq Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel Rossiyadan gaz sotib olib to‘g‘ri qilganini aytgandi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"