Jahon

Oq uy Bayden va Putin uchrashuvi haqidagi xabarni inkor qildi

Gap G20 sammiti haqida ketmoqda.

Oq uy Bayden va Putin uchrashuvi haqidagi xabarni inkor qildi

 

Oq uy AQSH noyabr oyida Indoneziyada bo‘ladigan G20 sammitida prezidentlar Jo Bayden va Vladimir Putin uchrashib qolmasligi uchun harakat qilayotgani haqidagi xabarni inkor qildi.

 

Oldinroq AQSH prezidenti administratsiyasi ikki prezident ko'rishib qolmasligi uchun barcha imkoniyatni ishga solayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

"Bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", — degan Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer.

 

Avvalroq Amerika prezidenti Indoneziyada Vladimir Putin bilan ko‘rishishga roziligini aytgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"