Jahon

2024-yildan raqamli pasportga o‘tiladi

Tizim ko‘plab sohalar rivojiga hissa qo‘shadi.

2024-yildan raqamli pasportga o‘tiladi

 

Janubiy Koreya aholisi 2024-yildan raqamli identifikatsiyadan foydalanishni boshlaydi. 

 

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rnini bosishi kutilayotgan raqamli pasportga 2 yil ichida 45 million nafar fuqaro egalik qiladi.

 

Raqamli ko‘rinishdagi pasport mobil qurilmada, ilova ko‘rinishida bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida barcha xizmatlar onlayn ish tartibiga o‘tishini taʼminlaydi. Shuningdek, tashabbus 10 yil ichida 60 trillion von (42 milliard dollar) tejashga xizmat qiladi.

 

Raqamli pasportga o‘tish sog‘liqni saqlash, soliq, transport sohalari rivojiga ham hissa qo‘shadi. Vaqtni tejaydi, firibgarlik holatlarini kamaytiradi, savdo imkoniyatlarini oshiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"