Jahon

Ilon Mask Starlink’da xayriya funksiyasini yoqadi

Avvalroq u sun’iy yo‘ldoshning Ukrainadagi faoliyati uchun beg‘araz haq to‘lashda davom etishini aytgandi.

Ilon Mask Starlink’da xayriya funksiyasini yoqadi

 

SpaceX asoschisi Ilon Mask Starlink’da xayriya funksiyasini ishga tushirishini bildirdi. Bu haqda u Twitter’dagi o‘quvchisining Ugandadagi shifoxonalar uchun sun’iy yo‘ldosh tizimlari ajratish haqidagi savoliga javoban gapirib o‘tdi.

 

“Yaxshi, Starlink’ga xayriya imkoniyatini ham qo‘shamiz”, — deb yozgan milliarder. 

 

Oldinroq Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimining Ukrainada faoliyati uchun beg‘araz haq to‘lashda davom ettirishini aytgan edi. 

 

Eslatib o‘tamiz, 14-oktyabr kuni Mask Ukrainadagi “Starlink” kompaniyasini moliyalashdan bosh tortishga qaror qilgani xabar qilingandi.

 

Oktyabr oyi boshida Mask Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi “tinchlik” bo‘yicha o‘zining formulasini taklif qilgan. U bahsli hududlarda BMT nazorati ostida referendumlar o‘tkazish, Qrimdan voz kechish va neytral maqomni taklif qilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"