Jahon

Gruziya Rossiya bilan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqmoqchi

Hozirda mamlakatga ruslar oqimi oshgan.

Gruziya Rossiya bilan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqmoqchi

 

Salome Zurabishvili rossiyaliklarning mamlakatga kirib kelishi fonida Rossiya Federatsiyasi bilan vizasiz rejim qayta ko‘rib chiqilishini istisno qilmasligini aytdi. Yakuniy qaror Gruziya hukumati tomonidan qabul qilinishi kerak. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda. 

 

“Buni xavf deb ayta olmayman, lekin bu shubhasiz qiyinchilik. Ehtimol, bugungi sharoitda liberal bo‘lgan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi”, — dedi Zurabishvili.

 

Uning ta’kidlanishicha, yakuniy qarorni hukumat jamiyat bilan birgalikda qabul qilishi kerak.

 

Avvalroq Gruziya muxolifat partiyalari va bir qator nodavlat tashkilotlar rasmiylarni Rossiya fuqarolari uchun viza rejimi joriy etishga chaqirib, ularning mamlakatda bo‘lish muddatini uch oy bilan cheklagandi.

 

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mart-iyun oylarida Gruziyaga 278 mingga yaqin Rossiya fuqarolari kirib kelgan. 21 sentyabrda e’lon qilingan “qisman” safarbarlik muhojirlarning yangi to‘lqiniga olib keldi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"