Jahon

Serbiya Kiyevdagi elchixonasini yopdi

Shuningdek, Belgrad o‘z fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirgan.

Serbiya Kiyevdagi elchixonasini yopdi

 

Serbiya xavfsizlik nuqtayi nazaridan Kiyevdagi elchixonasini yopishga qaror qildi. Bu  haqda mamlakatning Ukrainadagi diplomatik vakolatxonasi o‘z saytida ma’lum qildi.

 

“Serbiya Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi o‘z xodimlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaqtincha yopildi”, — deyiladi xabarda.

 

Endi diplomatik vakolatxona xodimlari Belgradda faoliyatini davom ettiradi. 

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13-fevral kuni Serbiya TIV fuqarolarga Ukrainani tark etishni va u yerga bormaslikni tavsiya qilgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"