Jahon

Germaniyada yuzlab aviareyslar bekor qilindi

Yo‘lovchilar o‘z manzillariga yetib borolmayapti.

Germaniyada yuzlab aviareyslar bekor qilindi

 

Germaniyada milliy aviakompaniya uchuvchilarning ish tashlashi tufayli 17-19-oktyabr kunlari yuzlab reyslar bekor qilindi. Bu haqda DPA xabar bermoqda. 

 

Qаyd etilishicha, birgina 17-oktyabr kunida  amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 400 ta reysdan 230 tasi qoldirilgan. Parvozlarning bir qismini hamkor kompaniyalar samolyotlari yordamida amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Kasaba uyushmasi uchuvchilarni dushanbadan chorshanbaga qadar yarim tunda ishlashni to‘xtatishga chaqirdi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"