Jahon

Erondagi qamoqxonada mahbuslar halok bo‘ldi

Muassasada siyosiy mahkumlar saqlanardi.

Erondagi qamoqxonada mahbuslar halok bo‘ldi

 

Tehrondagi Evin qamoqxonasida sodir bo‘lgan yong‘in va tartibsizliklarda kamida  to‘rt nafar mahbus qurbon bo‘ldi. Ushbu muassasada siyosiy mahbuslar, muxolifat faollari va qo‘sh fuqarolikka ega shaxslar bor, deb xabar berdi “Al Arabiya” nashri.

 

Mahalliy matbuotning yozishicha, qurbonlar tutundan zaharlangan. Yana 61 kishi jarohatlangan. O‘n nafar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

 

Tehron gubernatori Mohsin Mansuriyning aytishicha, yong‘inga qamoqxonaning tikuvchilik ustaxonasida mahbuslar o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lgan. To‘polon paytida mahbuslar ko‘plab qamoq kiyimlari to‘plami bo‘lgan ustaxonaga o‘t qo‘yishgan. 

 

Tehron prokurori Ali Solihiy qamoqxonada tartib o‘rnatilgani, voqeaning o‘zi esa mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq emasligini aytdi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"