Jahon

Germaniya Yevroittifoqni kengaytirishni taklif qildi

“Ittifoq o‘z ta’sirini yanada kuchaytirishi kerak”, — deydi Olaf Shols.

Germaniya Yevroittifoqni kengaytirishni taklif qildi

 

Germaniya kansleri Olaf Shols Yevroittifoqni kengaytirishga chaqirib, ittifoq global masalalarda o‘z ta’sirini yanada kuchaytirishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar bermoqda. 

 

“Men Yevropa Ittifoqining kengayishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayman. Tashkilotning sharqqa tomon kengayishda davom etayotgani barchamiz uchun foydalidir”, — dedi Germaniya kansleri.

 

Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari 23-iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda Ukraina va Moldovaga ittifoqqa a’zo bo‘lish uchun nomzod maqomini berishni ma’qullagandi. Qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun davlatlar qator shartlarni, jumladan, islohotlarni bajarishi kerak.

 

Nomzod maqomini olish Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish yo‘lidagi ancha uzoq yo‘lning boshlanishi hisoblanadi. Turkiya 1999-yildan, Shimoliy Makedoniya 2005-yildan, Chernogoriya 2010-yildan, Serbiya esa 2012-yildan beri nomzod. Xorvatiya 2013-yilda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilgan oxirgi davlat bo‘ldi, bu jarayon o‘n yil davom etgan.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"