Jahon

“Drujba” neft quvuridagi ziyon bartaraf etildi

Hozirda u yana normal ishlamoqda.

“Drujba” neft quvuridagi ziyon bartaraf etildi

 

Polshaning “Pern” kompaniyasi “Drujba” neft quvuridagi ziyonni bartaraf etganini va hozirda uning ikkala filiali normal ishlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, kompaniya shu hafta boshida sodir bo‘lgan hodisa sabablarini tekshirishni davom ettirmoqda. Rossiya neftining “Drujba” orqali Germaniyaga normal hajmda yetkazib berilishi boshlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, 11-oktyabr kuni kechqurun Polshaga tegishli “Drujba” quvurining g‘arbiy qismi ikki qatoridan birida neft sizib chiqishi aniqlangan. Kompaniya hodisaning sababi sifatida uchinchi tomon aralashuvi haqida hech qanday dalil topmagan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"