Jahon

Pokistonda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi

Unda halok bo‘lganlarning barchasi qarindoshlar.

Pokistonda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi

 

Pokistonda avtobusning yonib ketishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, deya yozmoqda “SkyNews” nashri.

 

Qayd etilishicha, voqea Pokistonning Nurobod shahri yaqinida yuz bergan. Transport vositasining kondisioner blokida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan  va yong‘in kelib chiqqan.

 

Qurbon bo‘lganlar orasida sakkiz nafar bola va to‘qqiz nafar ayol bo‘lgan. Yo‘lovchilarning barchasi qarindoshlar bo‘lib, ular avtobusni safar uchun buyurtma qilishgan. Ulardan bir necha kishi falokatdan omon qolgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"