Jahon

Yaponiyaning 8 ta sun’iy yo‘ldoshi yo‘q qilindi

Bunga raketaning muvaffaqiyatsiz parvozi sabab bo‘lgan.

Yaponiyaning 8 ta sun’iy yo‘ldoshi yo‘q qilindi

 

Yaponiyaning “Epsilon” raketasi oxirgi bosqichni ajratishdagi nosozlik tufayli mo‘ljallangan orbitaga chiqa olmadi va bortdagi sakkizta sun’iy yo‘ldosh bilan birga masofadan yo‘q qilindi. Bu haqda Yaponiya Ayerokosmik tadqiqotlar agentligi xabar qildi.

 

Nosozlik raleta ishga tushirilgandan 7 daqiqa o‘tib qayd etilgan. Ayni paytda muhandislar uning yuzaga kelish sabablarini izlamoqda.

 

Agentlik rejasiga ko‘ra, raketa orbitaga 7 ta innovatsion texnologiyani sinovdan o‘tkazish uchun ishlatilishi kerak bo‘lgan 110 kg og‘irlikdagi RAISE-3 sun’iy yo‘ldoshini va  besh kubat (o‘ta kichik sun’iy yo‘ldosh)ni olib chiqishi kerak edi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"