Jahon

7 tilda tibbiy maslahat beruvchi platforma yaratildi

U sun’iy intellekt asosida ishlaydi.

7 tilda tibbiy maslahat beruvchi platforma yaratildi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qatar davlatida bo‘lib o‘tgan xalqaro sammitda sun’iy intellekt asosida ishlovchi ko‘p funksiyali tibbiy platforma taqdimotini o‘tkazdi.

 

“Florans 2.0” deb nomlangan ushbu innovasion tizim elektron shifokor vazifasini o‘tab, odamlarga stressdan chiqish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, tamaki va elektron sigareta chekishni tashlash, COVID-19ga qarshi kurash va vaksinalardan samarali foydalanish kabi masalalar yuzasidan yetti tilda tibbiy maslahatlar bera oladi. 

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyoda har 8 kishidan 1 nafari ruhiy tushkunlikdan aziyat chekib yashaydi. Qolaversa, yiliga 16 million nafar odam chekish va to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Jismoniy harakatizlik tufayli kelib chiqadigan xastaliklar taxminan 830 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lishi ham fakt. 

 

Yuqoridagi singari raqamli texnologiyalar — sog‘lom turmush tarzining beminnat targ‘ibotchilari. “Florans 2.0” texnologiyasi ham ayni shu maqsadni ko‘zlab yaratilgan. 

 

Xalqaro mutaxassislar fikricha, kelgusida bu kabi elektron platformalarning yanada takomillashgan versiyalari ishlab chiqilishi va ulardan elektron tibbiyotda keng foydalanilishi ko‘plab xavfli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"