Jahon

Erdog‘an, Pashinyan va Aliyev bir davrada jam bo‘ldi

Davlat rahbarlari uchrashib, o‘zaro gaplashib olgan.

Erdog‘an, Pashinyan va Aliyev bir davrada jam bo‘ldi

 

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Pragada bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining birinchi yig‘ilishida ilk bor Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Bu haqda “RiaNovosti” nashri yozmoqda.

 

Uchrashuvda Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev ishtirok etib, Boku ham, Yerevan ham keng ko‘lamli keskinlashuvni xohlamasligini bildirgan. 

 

Qayd etilishicha, Yevropa siyosiy hamjamiyatining konsepsiyasi Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronga tegishli. 44 ta davlat rahbarlari ishtirok etayotgan sammitning asosiy mavzulari Ukrainadagi vaziyat, energetika inqirozi va global iqtisodiyot haqida bo‘ladi. Sammit doirasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkaziladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"