Jahon

COVID-19 butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi—ekspert

Mutaxassislar fikricha, insoniyat koronovirus bilan yashashga majbur.

COVID-19 butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi—ekspert

 

Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan haftada koronavirus yana bir qadam ortga chekingan. Garchi bu davrda dunyo bo‘yicha 2,9 milliondan ortiq kishida kasallik aniqlangan bo‘lsa-da, ko‘rsatkichlar 19-25 sentyabr sanalariga qiyoslaganda 6 foizga kamaygan. 

 

Qolaversa, o‘tkazilgan tahlillar natijasida o‘lim holatlari soni 12 foizga pasaygani ma’lum bo‘lgan. 

 

Sezilarli kamayish dinamikasi Afrika (-32 foiz) va Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi (-22 foiz) mamlakatlarida kuzatilgan. Yevropada esa aksincha — 8 foizlik o‘sish qayd etildi. O‘lim holatlarining pasayishi esa barcha mintaqalarda ro‘yxatga olingan.

 

O‘tgan hafta ichida eng ko‘p bemor Germaniyada aniqlangan — 400 mingdan ziyod kishi. AQSHda xastalikka chalinganlar soni 312 ming, Yaponiyada 306 ming nafardan oshdi. Xitoy (303 ming) va Fransiya (qariyb 265 ming) esa navbatdagi o‘rinlarni band etgan. 

 

Yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH yana oldinda. Bu yerda xastalik tufayli 2728 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, Rossiyada 711, Yaponiyada 563, Xitoyda 368 va Braziliyada 286 nafar bemor koronavirus qurboniga aylangan. 

 

Ekspert Mariya van Kerxovening ta’kidlashicha, COVID-19 butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi va insoniyat u bilan yashashga majbur. Ijobiy jihati esa biz bu xavfli kasallikka qarshi samarali diagnostika va davolash usullari hamda vaksinalarga egamiz. 

 

Kerxovening so‘zlariga ko‘ra, hozir dunyoda “omikron” shtammining BA.5 subvarianti dominant. Xastalikdan asosan emlanmagan aholi qatlami aziyat chekmoqda.

 

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

custom img

Nyu-Yorkda so‘nggi 9 yilda kuzatilmagan qor bo‘roni qayd etildi

Qor qalinligi 55 santimetrdan oshgan. Shaharda favqulodda holat eʼlon qilingan.

custom img

Amerikada Epshteynning tashlandiq samolyoti topildi

10 yildan beri qarovsiz turgan havo kemasidan voyaga yetmaganlarni jinsiy qullik uchun dunyo bo‘ylab tashishda foydalanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"