Jahon

AQSH 2 ta davlat bilan hamkorlikda harbiy mashqlarni boshladi

Bu Shimoliy Koreya harakatlariga javob sifatida baholanmoqda.

AQSH 2 ta davlat bilan hamkorlikda harbiy mashqlarni boshladi

 

Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya Shimoliy Koreyaning raketa va yadroviy tahdidlariga qarshi turish maqsadida Yapon dengizida qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini boshladi. 

 

“Yonhap” agentligining xabar berishicha, mashqlar xalqaro suvlarda o‘tkazilmoqda.

 

Pxenyan esa raketa uchirilishini AQSHning Koreya yarimorolidagi harakatlariga qarshi javob choralari deb atadi.

 

Avvalroq KXDR TIV Pxenyan AQSH va Amerika ittifoqchilarining Koreya yarimoroli hududidagi harakatlari munosabati bilan o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qilgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"