Jahon

Ilon Mask Twitter‘ni sotib olish rejasiga qaytdi

Biznesmen Twitter‘ni dastlabki narxda sotib olish bo‘yicha kelishuvni uzaytirishni taklif qildi.

Ilon Mask Twitter‘ni sotib olish rejasiga qaytdi

 

Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni Twitter Maskni o‘z majburiyatlarini bajarishga majburlash uchun sudga murojaat qilgan edi. Aprel oyida Mask ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olishni taklif qilgan edi. Ammo iyul oyi boshida advokatlar Twitter soxta profillar haqida ishonchli maʼlumot bermagani uchun kompaniyani sotib olishdan voz kechganini eʼlon qildi.

 

Bloomberg xabariga ko‘ra, yangilangan kelishuv kelasi haftada tasdiqlanishi mumkin. Bu yangilik eʼlon qilingandan so‘ng Twitter aksiyalari darhol 18 foizga ko‘tarildi, shundan keyin savdolar to‘xtatildi. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"