Jahon

Qirg‘iziston taʼlim vaziri katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Qirg‘iziston taʼlim vaziri katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi

 

"Kabar" agentligi xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston taʼlim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev pora olayotgan vaqtida ushlandi.

 

Vazir yirik miqdorda pora olish fakti bo‘yicha tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida qo‘lga olindi.

 

«Mahalliy oliy taʼlim muassasalariga xorijlik talabalarni o‘qishga qabul qilish chog‘ida katta miqdordagi (110 ming AQSH dollari) pora olish fakti tekshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

 

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha keyinchalik, tergov natijalariga ko‘ra batafsil maʼlumot beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"