Jahon

Yevroittifoq Vengriyani moliyaviy yordamdan mahrum qilmoqchi

Budapesht tashkilotning bir qator qoidalarini buzgan.

Yevroittifoq Vengriyani moliyaviy yordamdan mahrum qilmoqchi

 

Yevropa Ittifoqi moliyaviy boshqaruv bilan bog‘liq muammolar sabab Vengriyani 7,5 milliard yevrolik yordamdan to‘sib qo‘ymoqchi. Bu haqda “Interfaks” nashri yozmoqda.

 

Avvalroq Yevroparlamentning bir qancha fraksiyalari Budapeshtni moliyalashtirishni cheklashga chaqirgan. Shuningdek, Yevropa Komissiyasi Vengriya hukumatini qonun ustuvorligi tamoyillarini buzganlikda ayblagan edi. 

 

Ittifoqning har bir yil uchun budjeti parametrlari xarajatlar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni hisobga olgan holda tuziladi. Kengash bir oy ichida ko‘pchilik ovoz bilan Yevrokomissiya taklifi ma’qullanishi yoki ma’qullanmasligi masalasi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Alohida holatlarda bu muddat ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"