Jahon

Fransiya koinotda yangi missiyalar o‘tkazmoqchi

Hukumat buning uchun 9 mlrd yevro ajratadi.

Fransiya koinotda yangi missiyalar o‘tkazmoqchi

 

Fransiya Bosh vaziri Elizabet Born hukumat kosmik sohaga sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Xalqaro astronavtika kongressining ochilish marosimida aytib o‘tdi.

 

“Fransiya ilmiy tadqiqotlar va kosmik soha uchun kelgusi uch yilda 9 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritishga tayyorlanmoqda”, — dedi Born. 

 

Ushbu sarmoyalar Prezident Emmanuel Makron tomonidan belgilab berilgan mamlakat kosmik strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan.

 

Born, shuningdek, Yevropa kosmik agentligining yangi “Ariane–6” raketasini uchirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ham eslatib o‘tgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"