Jahon

Xorvatiyada yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashdi

Voqea joyiga Bosh vazir yetib borgan.

Xorvatiyada yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashdi

 

Xorvatiyada ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Yana 11 kishi, jumladan, Eron fuqarolari jarohat olgan. 

 

To‘qnashuv Novska shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdi svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketgan, keyin esa yuk poyezdiga borib urilgan.

 

Hozirda odamlarni qutqarish ishlari davom etmoqda. Voqea joyiga Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich ham yetib kelgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorvatiya shimoli-g‘arbida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz bergan edi. Polshalik ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, 34 kishi yaralangan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"